
Venada, Germaniyada, Turkiyada va Rossiyada malaka oshirgan dermatolog. Qabul ikki xil: onlayn — Telegram orqali, butun O'zbekistondan, yoki klinikada — Toshkent, Yunusobod.
Butun O'zbekiston bo'yicha • Yo'l va navbatsiz

Doktor Farxod Sagdullayev chet eldagi va O'zbekistondagi xalqaro anjumanlarda muntazam malaka oshiradi — zamonaviy tashxis va davolash usullarini bemorlariga qo'llash uchun.


Kattalashtirish uchun bosing →
Qisqa videolar: nima yuborish kerak, qancha tejaysiz va qabul qanday o'tadi. Batafsil videolar — YouTube kanalida.
Toshkentga dermatolog qabuliga kelishning haqiqiy narxi. Misol uchun — Qarshidan:
+ navbat, charchoq va bir kun yo'qotilgan vaqt
Tejagan pulingiz — yo'lga emas, davolanishga
Tashqaridan o'xshash dog' o'nlab turli kasallik bo'lishi mumkin. Davolash krem tanlashdan emas, to'g'ri tashxisdan boshlanadi.
O'smirlikda ham, 30 yoshdan keyin ham
Sababni topish va kerakli tahlillar
Uzoq muddat nazoratda ushlash
Qichishish, qizarish, quruqlik
Teri, oyoq va tirnoq
Vitiligomi yoki boshqa holatmi
Diatez, terlama, taglik dermatiti
Birinchi baholash va keyingi qadam
Bemorlar roziligi bilan. Rasmlarda teri kasalligi aks etgan — ko'rish uchun bosing. Natija har bir bemorda turlicha bo'ladi.



@dr.farxod_sagdullayev videolari ostidagi haqiqiy izohlar. Foydalanuvchi nomlari qisqartirilgan.
«Олдин текширтириб деб тугри айтишди. Баьзи пулга кизикканлар айтмеди… Яхши доктор шундек огохлантиради»
«Raxmat kattakon 👏❤️❤️»
«Гап йук Рахмат ❤️»
«Mashaalloh ajoyib 🔥👏»
Divandan turmasdan, telefoningiz orqali.
Pastdagi tugmani bosing — doktorning Telegrami ochiladi. Muammoni 1–2 jumlada yozing.
Karta raqami Telegramda yuboriladi. Chekni shu chatga tashlab, «To'ladim» deb yozasiz.
Muammo joyining kunduzgi yorug'likda yaqindan va uzoqdan 2–3 ta rasmi, bor tahlillar va ishlatgan dori-kremlaringiz.
Savollar beradi, kerak bo'lsa tahlil yozadi — o'z shahringizda topshirasiz. Davolash rejasini yozma holda olasiz.
Jonli ko'rik kerak bo'lsa, doktor buni darhol aytadi — behuda yo'l bosmaysiz.

Dermatolog. Toshkentdagi klinikada qabul qiladi, onlayn qabulni esa butun O'zbekiston bo'yicha olib boradi.
«Pulingiz yo'lga emas, davolanishga ketsin. O'zbekistonning qayerida yashamang — men sizdan bitta qo'ng'iroq uzoqlikdaman.»
Dermatologiyada tashxisning katta qismi — ko'z bilan ko'rish va to'g'ri savol berish. Sifatli rasm, savollarga javoblar va kerak bo'lsa tahlil ko'p holatlar uchun yetarli. Jonli ko'rik kerak bo'lsa, doktor buni ochiq aytadi.
Telegramga yozganingizdan keyin karta raqami yuboriladi. 200 000 so'm o'tkazib, chekni o'sha chatga tashlaysiz va «To'ladim» deb yozasiz.
Kunduzgi yorug'likda, deraza yonida. Muammo joyini yaqindan va uzoqdan 2–3 ta rasm. Yuz bo'lsa — pardozsiz. Ishlatgan dori-kremlaringiz qutisini ham rasmga oling.
Aniq vaqt to'lovdan keyin Telegramda belgilanadi.
Ha. Bola terisining rasmi va bolaning yoshini yuboring. Toshma bilan birga isitma yoki holsizlik bo'lsa — kutmasdan yaqin shifokorga murojaat qiling.
O'z shahringizdagi istalgan laboratoriyada. Natijani Telegramga yuborasiz.
20 yillik tajribaga ega dermatolog — bitta xabar uzoqlikda.